Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tyutorlari faoliyatini yanada takomillashtirish ularning psixologik bilim, koʻnikma va malakalarini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan oʻquv seminari 27-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.Xayrullayeva tomonidan olib borildi.
Universitet tyutorlari uchun tashkil etilgan seminarda “Talabalar bilan ishlashda muomala madaniyati va xulq-atvor” , Destruktiv xulq-atvorli talabalar bilan ishlar mexanizmi” mavzulari yuzasidan slayd taqdimoti va trening mashgʻulotlari tashkil etildi.
Seminar trening davomida quyidagi mashgʻulotlardan foydalanildi:
- Psixologik trening mashgʻulotlari;
- Psixogimnastika mashgʻulotlari;
- “ART terapiya” va meditatsiya mashgʻulotlari;
- Mantiqiy fikrlash va tajriba-sinov mashgʻulotlari.