Bugungi kunda yurtimizda quyosh panellarini o‘rnatish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, muqobil energiya manbalaridan unumli foydalanish to‘g‘risida tushunchalar berib borilmoqda.
Hozirda barcha oliy taʼlim muassasalari qatori O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ham quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birgalikda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalariga o‘zi istiqomat qiladigan xonadonlarida ham quyosh panellarini o‘rnatish orqali energiya tejamkorligiga erishish mumkinligi tushuntirib o‘tilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil Maxalliy ishlab chiqaruvchi korxona OOO “SOLAR NATURE” bilan quvvati 120kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini universitetda o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha elektron kooperatsiya portali orqali lot № 22311008137500 bo‘yicha № 0137500 25.09.2022 yil 1mlrd 150mln so‘mlik shartnoma tuzildi.
Ishlab chiqaruvchi korxona mutaxassislari bilan quyosh fotoelektr panellarini o‘rnatish, ishga tushirish hamda loyixa smeta xujjatlari buyicha birgalikda ishlar olib borildi va universitetning G9a mavze, Kichik xalka yo‘li 21 uy manzilidagi yangi o‘quv ma’muriy binosida 2-o‘quv binosi tom qismida 226 dona kuyosh panellari o‘rnatildi va ishga tushirildi.
2023-yil 13 martda OOO “SOLAR NATURE” bilan quvvati 180kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini universitetda o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha elektron kooperatsiya portali orqali lot № 2331111008163776 bo‘yicha № 0167776 sonli 1mlrd 926 mln so‘mlik shartnoma tuzildi va 180kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini universitetda o‘rnatildi va ishga tushirildi.
Quyosh panellari “XET”AJ tarmoqlariga ulangan va Bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” platformasiga kiritilgan.
2023-yil davomida 2 chorakda 420 kVt va 3 chorakda 600 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini universitetda budjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan o‘rnatib ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shu kunga qadar universitetda o‘rnatilgan quyosh fotoelektr stansiyasidan 86000 kVt/soat ya’ni (68 mln so‘m) elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Misol: (1 oylik ) May oyida universitet extiyoji 200000 kVt bo‘lib may oyining 23 kuniga 33800 kVt quyosh fotoelektr stansiyasidan olindi. O‘rnatilgan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali universitetning 1 oylik elektr enargiyasiga bo‘lgan extiyoji 17% qoplandi.