Rahbar va yoshlar uchrashuvi

2026-yil 12-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rahbariyat va talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Uchtepa tumani IIO FMB 1-sonli IIB boshlig‘i, mayor A.A. To‘raev hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, zararli odatlar, turli salbiy ta’sirlardan saqlanish masalalari muhokama qilindi. Talabalar duch kelayotgan muammolar, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq suhbat tashkil etildi.

Muloqot davomida yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, mutasaddilar esa ularga zarur tavsiya va tushuntirishlar berdi. Uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularni ogohlik ruhida tarbiyalashga qaratildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube