Rahbar va yoshlar uchrashuvi: O‘zDJTUda “Yoshlar kuni” tadbiri
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida universitet rektori Ilhomjon Tuxtasinov va talaba-yoshlar o‘rtasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini bevosita eshitish hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida o‘tkazildi.

Uchrashuvda universitet rektori Ilhomjon Tuxtasinov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchilari podpolkovnik Egamberdiyev Maqsadbek Avazovich hamda Shukuriy O‘tkir Ro‘ziyevich ishtirok etdilar.
Tadbir davomida rektor Ilhomjon Tuxtasinov talabalarga yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim sifati va universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, birinchi prorektor Valijon Sadiyev yoshlar masalalari va ularning ma’naviy-ma’rifiy rivoji yuzasidan fikr bildirdi.
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchilari podpolkovnik Egamberdiyev Maqsadbek Avazovich hamda Shukuriy O‘tkir Ro‘ziyevich tomonidan esa talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda yoshlar bilan ochiq muloqot olib borildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, rahbariyat va mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv yakunida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar kelgusida ham davom ettirilishi ta’kidlandi.