6-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutasaddilari tomonidan seminar-trening tashkil etildi. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur seminar-treningda markaz direktori Ulugʻbekmirzo Qurbonov va Interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish boʻlimi bosh mutaxassisi Mohirbek Mahmudjonov universitetning HEMIS axborot tizimiga masʼul boʻlgan xodimlari uchun “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish – HEMIS” axborot tizimlaridan samarali foydalanish boʻyicha taqdimot oʻtkazdilar.

 

Mohirbek Mahmudjonov seminar-trening ishtirokchilariga HEMIS platformasidagi soʻnggi yangilanishlar, platformada foydalanuvchilar duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar bilan oʻrtoqlashdi.

 

Seminar-treningda universitet xodimlari oʻz takliflari bilan faol ishtirok etishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube