O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti shuni ma’lum qiladiki, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda universitet hududida tasvirga olingan raqs videosi bo‘yicha turli asossiz talqinlar tarqalmoqda.

Mazkur video universitetga aloqador emas va u universitet tomonidan suratga olinmagan. Videoda raqs ijro etayotgan qizlar esa ushbu ta’lim muassasasida tahsil olmaydi.

Gap shundaki, video Instagram’dagi neo_vinetka profilini reklama qilish maqsadida Yasmin_dense_ raqs jamoasi tomonidan tijoriy asosda ruxsatsiz tasvirga olingan. Video tasvirga olish uchun universitet ma’muriyatidan ruxsat olinmagan va universitet bilan hech qanday rasmiy kelishuv mavjud emas.

Universitet hududi va ta’lim jarayoni qat’iy nazorat qilinadi. Talabalar tomonidan bunday mazmundagi reklama yoki kontent tayyorlanmaydi. Ruxsatsiz tasvirga olish hamda hududdan tijoriy maqsadlarda foydalanish amaldagi tartib-qoidalarga zid hisoblanadi va mazkur holat yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoatchilikni tekshirilmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka va faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqiradi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube