O'zDJTU rektori I Tuxtasinovga qizil toifadagi yoshlar biriktirilgan bo'lib, doimiy ravishda ehtiyojlari o'rganilib, yoshlar holidan xabar olinmoqda hamda muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Joriy yilning 16-dekabr kuni universitet rektori Toshkent shahrida Sergeli tumanidagi "Ittifoq" mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi bir qancha yoshlar xonadonida bo'lib, ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bayram oldi esdalik sovg'alarini o'z egalariga topshirdi.