Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zalida rektor Ilxomjon Tuxtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda universitet rahbariyati, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi vakillari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Rektor yoshlarning ilmiy izlanishlari va yutuqlarini e’tirof etib, ularga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, nomdor stipendiya talabgorlariga o‘z ustida muntazam ishlash, ilmiy izlanishlarni davom ettirish va Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida stipendiya talabgorlariga o‘z fikrlarini bildirish, ilmiy izlanishlari hamda kelajak rejalari haqida so‘z yuritish imkoniyati yaratildi. Rektor yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ularning savollariga javob berdi va kelajakda ham ularga har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.