“Rektor kubogi” g‘oliblari aniqlandi
“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Rektor kubogi” bahorgi mavsumi yakunlariga ko‘ra eng kuchli jamoalar aniqlandi:
1-o‘rin — “Milliard” jamoasi (Ingliz filologiyasi fakulteti)
20 million so‘m
2-o‘rin — “Fenomen” jamoasi (Ingliz tili 1-fakulteti)
15 million so‘m
3-o‘rin — “Kosmonavtlar” jamoasi (Sharq filologiyasi fakulteti)
10 million so‘m
Tadbir yakunida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan g‘olib jamoalar pul mukofotlari va sertifikatlar bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
Tadbir davomida barcha ishtirokchilar o‘z iste’dodlarini namoyish etib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar