“Rektor kubogi” mini-futbol musobaqasi: g‘oliblar aniqlandi!
15-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor kubogi” mini-futbol musobaqasi final bahslari yuqori sport ruhida o‘tdi.
1-o‘rin – Sport klubi jamoasi
2-o‘rin – Ingliz tili 2-fakulteti jamoasi
3-o‘rin – Tarjimonlik fakulteti jamoasi
4-o‘rin – Ingliz filologiyasi fakulteti jamoasi
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Taqdirlash marosimi 16-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoalarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda!