"Rektor kubogi" musobaqasining bahorgi mavsumi davom etmoqda
Musobaqa doirasidagi Zakovat intellektual oʻyinining saralash bosqichi boʻlib oʻtdi
Saralash bosqichida 60 yaqin jamoalar ishtirok etishdi. Musobaqa qizgʻin bahs-munozaralarga boy o‘tib, talaba-yoshlarning har sohadagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish hamda intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qildi
Eng yuqori ballni qoʻlga kiritgan jamoalar musobaqaning keyingi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi
Ishtirokchilarga keyingi bosqichda ham omad tilaymiz.