Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 11 nafar talabasi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan oʻtkazilgan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida “Jamgʻarma stipendiati” deb e’tirof etildi:

Karimova Farangiz Sirojiddin qizi — Reading universiteti, Buyuk Britaniya;
Siddiqjonova O‘g‘iloy Ibrohimjon qizi — Lester universiteti, Buyuk Britaniya;
Axmatova Munisa Orif qizi — Reading universiteti, Buyuk Britaniya;
Rustamova Yulduz Sherzod qizi — Michigan davlat universiteti;
Sharipova Zukhra Rustam qizi — Reading universiteti, Buyuk Britaniya;
Xakimova Dilshoda Oybek qizi — Glazgo Universiteti, Shotlandiya;
Bobosherov Qodirbek Pardayevich — Birmingem universiteti, Buyuk Britaniya;
Ikromjonova Nazokatxon Baxodirjon qizi — Viskonsin-Madison universiteti, AQSh;
Xasanov  Jahongir Bahodir o'g'li — Universtity of Еxeter;
Ergasheva Gulisarahon Ilhomovna;
Matmusayeva Fotimaxon Sirojiddin qizi.

Universitet rektori Ilxomjon Madaminovich mazkur bilimdon talabalarimizni erishgan ulkan muvaffaqiyati bilan samimiy tabrikladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube