10-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor stipendiyasi” tanlovining O‘zbekiston tarixi fani bo’yicha imtihoni o’tkazildi.

 

Iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur bellashuvni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, Komissiya raisi  I.Tuxtasinov hamda maxsus komissiya a'zosi, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov tantanali ravishda ochib berdi va nomzodlarga muvaffaqiyat tiladi. 

Ma’lumot uchun: Tanlovda barcha yo’nalish bo'yicha hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar ishtirok etishdi. Dastur  O‘zbekiston tarixi fani bo'yicha mutaxassislik kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan o'tkazildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube