Rektor talabalar turar joylarini koʻzdan kechirdi
13-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov 3-4-6-sonli talabalar turar joylariga tashrif buyurdi.
Dastur davomida rektor yotoqxonalarda talabalarga yaratilgan sharoitlar, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan toʻgaraklar faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif chogʻida Ilxomjon Tuxtasinov bevosita talabalar bilan suhbat qurib, ularning yangi oʻquv yilining qanday boshlangani, talabalar turar joylaridagi imkoniyatlar va sharoitlar, qolaversa, universitetdagi darslar sifati haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
Talabalar barchasidan mamnun ekanini aytib, rahbariyat vakillariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.