REKTOR TALABALARNING YASHASH SHAROITLARI BILAN TANISHDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxom Tuxtasinov Tarjimonlik fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida ular istiqomat qilayotgan ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida xonadonlardagi yashash sharoitlari, sanitariya holati, isitish tizimlari, talabalarning kundalik ehtiyojlari hamda ta’lim olishi va dam olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Rektor talabalar va xonadon egalari bilan suhbatlashib, yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari hamda mavjud muammolar bilan tanishdi. Shuningdek, sovuq mavsumda isitish moslamalari va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday tashriflar talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda yoshlar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlashga qaratilgan.
2026-10-21 01-47