O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Sharq filologiyasi fakultetining birinchi kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda fakultet dekani D. Jo‘rayev, prorektorlar hamda universitet bo‘lim va markazlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida rektоr Ilxomjon Tuxtasinov talabalar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning o‘quv jarayoni, dars sifati, amaliyot imkoniyatlari, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish, kutubxona fondi va talabalarga yaratilayotgan sharoitlar bo‘yicha berilgan savollariga javob berdi.

Shuningdek, mutasaddi rahbarlar ham o‘z yo‘nalishlariga oid savollarga javob berib, talabalarning taklif va mulohazalarini inobatga olishlarini ta’kidlashdi.

Uchrashuvda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, talabalar uchun ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Bunday uchrashuvlar talabalarning o‘z fikrlarini bevosita universitet rahbariyatiga yetkazishiga, mavjud muammolarni joyida hal etishga hamda ular uchun samarali ta’lim muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

  

   

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube