9-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti talabalari bilan “Rektor va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi. Tadbirda universitet rektori, prorektorlar hamda 1-bosqichga qabul qilingan talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi. Talabalarga universitet faoliyati, besh tashabbus doirasida yaratilgan qulayliklar, oʻquv jarayonlarining tartiblari haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, korrupsiyaga yoʻl qoʻyilmasligi, diniy maʼlumotlarni qabul qilishda eʼtiborli boʻlish zarurligi borasida aytib oʻtildi.

Dastur ochiq muloqot tarzida tashkil etildi va yakunda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube