O'zDJTU Sharq filologiyasi va Roman-german filologiyasi fakultetlarida seminar bo'lib o'tdi.
Unda O’zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha prorektori A.Nasirov, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i X.Yo’ldashev taqdimot namoyish etdi. Shuningdek, mas’ullar X.Alimova, A.Jo’rayev moderator sifatida ishtirok etishdi.
Treningda Universitet miqyosida xalqaro aloqalarning ta’lim sifatiga ta’siri, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalari va shartnomalar imzolash, ulardan ko’zlangan maqsad va vazifalar, xorijiy o’qituvchi va talabalar bilan ishlash bo'yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, universitetning xalqaro reytinglarda munosib o’rnini topish tamoyillari haqida ma'lumot berilib,bu bo'yicha amaliy mexanizmlar ishlab chiqish tartiblari muhokama qilindi.