Siyosiy ma’rifat soati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha fakultetlarida siyosiy ma’rifat soatining navbatdagi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Unda siyosiy-ijtimoiy hayotdagi muhim yangiliklar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda davlat xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga qaratilgan mavzular muhokama qilindi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga dolzarb ma’lumotlar taqdim etilib, fikr almashildi.

 

 

Tadbir tinglovchilarning ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirish va ularning dunyoqarashini kengaytirishga yo‘naltirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube