Sog‘lom kelajak — ongli tanlovdan boshlanadi

Sog‘lom kelajak — ongli tanlovdan boshlanadi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda IPMBIB boshlig‘i F.Xabiyeva hamda Profilaktika inspektori M.Nurmuhammedova talabalar bilan ochiq va mazmunli suhbat olib bordilar.

Uchrashuv davomida talabalarga giyohvand moddalar insonning jismoniy va ruhiy salomatligiga yetkazadigan jiddiy zarari, qaramlikning og‘ir oqibatlari, uning ta’lim jarayoni, oila, ijtimoiy hayot va kelajakdagi kasbiy faoliyatga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarni turli zararli ta’sirlardan himoya qilish, mustaqil va mas’uliyatli qaror qabul qilish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda o‘z kelajagiga befarq bo‘lmaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan tegishli javob va tavsiyalar oldilar.

Har bir to‘g‘ri tanlov — sog‘lom va farovon kelajak sari qo‘yilgan muhim qadamdir.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube