SPORT KLUBI MURABBIYLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev, sun’iy intellekt va strategik transformatsiya bo‘yicha rektor maslahatchisi Boltabaev Mahmudjon hamda Sport klubi murabbiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda sport to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar jarayoni, talaba-yoshlarning sportga qiziqishini yanada oshirish, ularni sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish hamda sport yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish va universitetda sport muhitini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Oldinda turgan nufuzli sport musobaqalariga universitet terma jamoalarining tayyorgarligini kuchaytirish, sport jamoalarining natijadorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.