STARTAPLAR KLUBI: ĞOYADAN MUVAFFAQIYATLI STARTAPGAÇA!
Özbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoşlarning innovatsion salohiyatini rivojlantiriş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda ularni startap faoliyatiga keng jalb etiş maqsadida Ilmiy va innovatsion işlanmalarni tijoratlaştiriş bölimi tomonidan Ingliz tili 1-fakulteti talabalari uçun «Ğoyadan muvaffaqiyatli startapgaça» mavzusida seminar-trening taşkil etildi.
Seminar-trening davomida iştirokçilarga startap tuşunçasi, innovatsion ğoyalarni şakllantiriş, mavjud muammolarga kreativ yeçim topiş, biznes modelini işlab çiqiş hamda istiqbolli ğoyalarni amaliy startap loyihalariga aylantiriş bosqiçlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Şuningdek, muvaffaqiyatli startap yaratişda bozor ehtiyojlarini örganiş, maqsadli auditoriyani aniqlaş va loyihaning iqtisodiy samaradorligini baholaş masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur seminar-trening talabalarning innovatsion fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş, yangi biznes ğoyalarini şakllantiriş hamda ularni amaliy loyihalarga aylantirişga undaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir katta muvaffaqiyat kiçik bir ğoyadan boşlanadi!