Bugun OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi talabalari “Adiblar xiyoboni”da bo’ldi.

Talabalar professor-o’qituvchilar bilan birga G’azal mulkining sultoni — Alisher Navoiyning “Kelmadi”, “Bo’ldim sanga”, “O’n sakkiz yoshindadur”, “Qilg’il” radifli g’azallari, bir qator ruboiylari, oʻzbek qalbli rus shoiri —  Aleksandr Faynberg she’rlarini yodga oldi. Talaba qizlar Aleksandr Faynbergning ijod namunalaridan qilgan tarjimalarini o’zaro tahlil qildi. Talabalar tomonidan hiyobonda joylashgan muzey, adiblar hayoti o’rganildi.

Ushbu ekskursiya kafedra o’qituvchilari Mastura Xo’janova va Umida Madaminova tashabbusi bilan tashkil etildi.

2024-06-13 12-45

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi