Bugun O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida "Internet va axborotni filtrlash madaniyati" mavzusidagi talabalar konferensiyasi o'tkazildi. 

Tadbir avvalida, universitet iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i Shahnoza Ismatova hamda Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov so'zga chiqib bugungi axborot maydonida  ma’lumotlarni tahlil qilish, tekshirish nafaqat jurnalistika va siyosatshunoslik yo’nalishi talabalari, balki har bir shaxsning oldiga qo’yilgan talab ekanligini ta’kidlab o’tdi. 

Konferensiya davomida: 
• Internet va axborot xavfsizligi
• Internet tili va uning o'ziga xos xususiyatlari 
• Milliy kontent va axborot madaniyati • Kiberxavfsizlik dolzarb mavzu masalalarida talabalarning ilmiy-maqolalari tinglandi.  
Mavzular yuzasidan o'zaro savol-javoblar, bahs-munozaralar o'tkazildi.

Tadbir yakunida, fakultet dekani bu kabi konfrensiyalarni yanada ko’paytirish, talabalarning o’zaro fikr almashishi uchun klublar tashkil etish taklifini ilgari surdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube