- 2024-03-16 09-30
15-mart kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Siyosatshunoslik yo'nalishi 2-bosqich talabalari fakultet tyutori B.Mirsagatov boshchiligida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis parlamentida bo’ldi.
XDP partiyasi kordinatorlari bilan birgalikda tashkil etilgan tashrif davomida talabalar parlament muzeylari va kutubxonalari faoliyati bilan tanishdilar.
Shuningdek, qonunlar qabul qilinadigan “Qizil zal”da mutaxassislar tomonidan qonunlar qabul qilinish jarayoni to'g'risida tushunchalar berildi. Parlament a’zolari bilan yuzma-yuz muloqot qilish bo'lajak huquqshunoslar uchun esda qolarli motivatsion uchrashuv bo'ldi.