O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Umumiy tilshunoslik” hamda “Roman-german tillari tarjimashunosligi” kafedralariga 1 nafardan dotsent lavozimiga tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda qatnashish uchun talabgor tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1.  Rektor nomiga ariza;
2.  Ishlovchining shaxsiy varaqasi;
3. Ma’lumoti, ilmiy daraja, ilmiy unvoni haqidagi diplom nusxalari;
4.   Pasport nusxasi;
5. Ilmiy ishlar ro‘yxati (fakultet ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan holda);
6. Malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
Manzil:
Toshkent shahri, Uchtepa tumani, G-9a mavzesi, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 21-uy.
Telefon: 71 230-12-98
 
									 
  
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
         
		 
		 
		 
		 
		