Taqdirlash marosimi avvalida nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi ishtirokchilar taqdirlandi. 

Jumladan, FarDU vakili Ibrohimova Zulumor “Eng kuchli darvozabon”, O‘zDJTSU vakili Usanboyeva Saodat “Eng faol xokkeychi” hamda Chirchiq pedagogika universiteti vakili Tursunbayeva Maftuna “Eng intizomli jamoa” nominatsiyalariga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, FarDTU vakili Samijonova Marjona “Eng yaxshi hujumchi” va BuxDU vakili Saidmurodova Ug‘iloy “Eng yaxshi to‘purar” nominatsiyalari bilan taqdirlandi.

Yakunda esa g‘olib va sovrindor jamoalarga 3 million so‘mlik pul mukofoti hamda sertifikatlar topshirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube