Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo’nalishi talabasi Gulshoda Xaitboyeva “Rivojlanishga qo'shgan hissasi uchun” medaliga sazavor bo’ldi.

O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti yo’nalishi talabasi Gulshoda Xaitboyeva Rivojlanish va Tadqiqotlar Akademiyasi 
hamda Liderlar Tayanchi ta’limi tomonidan 2023-yil 1-iyundagi 1-son qo'shma qaroriga asosan tasdiqlangan “Rivojlanishga qo'shgan hissasi uchun” medaliga sazavor bo’ldi. 

Nomzod medalga kengash hay’ati tomonidan bir ovozdan ma'qullandi va nizomga koʻra, “Millatning iqtidorli va iste'dodli yoshlarini qo'llab-quvvatlashda ko‘maklashgani hamda ijtimoiy faolligi uchun ko’krak nishoniga 
munosib ko’rildi. 

Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yuldashev sovrindorni tabrikladi va kelgusi o’qish va ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube