Bugun 28-dekabr kuni OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti kafedra mudirlari, professor oʻqituvchilari uchun Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor A.Nasirov, H. Yuldashev, A. Joʻrayev tomonlaridan ilmiy seminar tashkil etildi.

Universitetning rivojlanishida va turli xalqaro hamda milliy reytinglarga kirishda Xalqaro aloqalarning ahamiyati, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik memorandumlari va shartnomalar: natijalar va vazifalar shuningdek, OʻzDJTUda xalqaro aloqalarning taʼlim sifatiga taʼsiri, xorijiy mutaxassislarni universitetimizga jalb qilish, xalqaro grantlarda qatnashish kabi mavzularda maʼruzalar oʻqildi.

 Shuningdek, ERASMUS+ dasturi haqida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtildi. 

2023-12-28 05-21

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi