Tarjimonlik fakultetida milliy reyting tizimi muhokama qilindi

Universitet rektorining 2026-yil 30-martdagi “Universitetda fakultetlarning milliy reytingini yuritish to‘g‘risida”gi 102/11-08-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 31-mart kuni Tarjimonlik fakultetida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda fakultet dekani, barcha kafedra mudirlari, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L. Zaripov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i N. Ibragimov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B. Xashimov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fakultetda milliy reyting tizimini shakllantirish hamda universitet miqyosida yuqori natijalarga erishish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, milliy reyting indikatorlari va baholash mezonlari, 2026–2027 o‘quv yili uchun rejalashtirilgan ustuvor yo‘nalishlar hamda maqsadli ko‘rsatkichlarning kafedralar kesimida bajarilishi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, dars sifati va o‘quv-metodik ta’minotni yanada takomillashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube