Tarmoq markazi – Gunadarma hamkorligi doirasida muhim uchrashuv

 

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Indoneziyaning Gunadarma universiteti o‘rtasidagi qo‘shma malaka oshirish kursi doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir davomida universitet rektori Ilhomjon To‘xtasinov xorijiy safarga tayyorlanayotgan 13 nafar tinglovchi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida safar oldidan batafsil instrukta jarayoni tashkil etilib, ishtirokchilarga xorijdagi malaka oshirish kursi davomida rioya qilinishi lozim bo‘lgan qoidalar, ilmiy-metodik faoliyat yo‘nalishlari hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

 

 

 

Mazkur safar universitetimiz pedagoglari uchun xalqaro tajriba almashinuvi va kasbiy rivojlanishning yangi bosqichi bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube