Tayinlov

Xakimov Xamidullo Inamovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.

Xamidullo Inamovich 1999-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini ingliz tili o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyati davomida universitetda o‘qituvchi, stajyor-tadqiqotchi, rektor yordamchisi, dekan o‘rinbosari, dekan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019–2023-yillarda universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida ishlagan.

Xamidullo Inamovichni yangi mas’uliyatli lavozimi bilan tabriklaymiz va faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!

MEHNAT FAOLIYATI

1994-1999 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi

1999-2000 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-chet tillari mutaxassisligi kafedrasi o‘qituvchisi

2000-2001 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti stajyor-tadqiqotchisi

2001-2005 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot texnologiyalari markazi operatori

2005-2009 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektor yordamchisi

2009-2009 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjimonlik fakulteti dekan muovini

2009-2012 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjimonlik fakulteti dekani

2012-2014 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori
2014-2015 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
2015-2019 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti roman-german filologiyasi fakulteti dekani
2019-2023 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
2023 y. - h.v.   - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti dekani

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube