Tarbiya va maʼnaviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.

Shu maqsadda, O’zDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti dekanati tashabbusi bilan 3-aprel kuni fakultet tyutorlari va talaba yoshlar Jadidchilik harakati namoyandalarining millat erki, kelajagi, Turkiston mustaqilligi uchun qilgan sa’y-harakatlarini teran anglash maqsadida muallif Usmon Azim, rejissyor Valixon Umarov , rassom Baxtiyor Toʻrayev tomonidan sahnalashtirilgan "Cho’lpon” ("Kunduzsiz kechalar") spektakli namoyishiga tashrif uyushtirildi.

Sahna ko‘rinishida shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi Choʻlponning millatimiz uchun qilgan jasoratlari ko’rsatilib, aktyorlar mahorati barchada katta taassurot qoldirdi.

2024-05-06 02-25

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi