Oʻzbekiston  davlat  jahon  tillari  universitetining  Axborot-resurs  markazida "Turkiy  adabiyot  durdonalari"  100 jildlik  asarlar  majmuasining  taqdimot  marosimi  boʻlib oʻtdi. Tadbir  avvalida,  ishtirokchilar tomonidan ushbu  asarlarning  talabalar  maʼnaviy  saviyasiga  taʼsir  etuvchi oʻziga  xos  omillari,  Axborot-resurs  markazida  talabalar  uchun  yaratilayotgan  qulayliklar  xususida  soʻz  yuritildi. Jahon  adabiyoti  kafedra  mudiri  professor — G. Halillayev  "Turkiy  adabiyot  durdonalari"  toʻplamidan  joy  olgan  adabiyotimizning  yorqin  namoyondalari  ijodidagi  oʻziga  xos  jihatlar  haqida  gapirdi.  Shuningdek,  taqdimot  mobaynida Chingiz  Aytmatov  asarlari,  Oʻzbek  zamonaviy sheʼriyati  antologiyasi, adabiyotning  yoshlar  hayotidagi oʻrni va  roliga  nazar  tashlandi.

 

2023-10-11 07-57

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi