Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tyutorlari faoliyatini yanada takomillashtirish ularning psixologik bilim, koʻnikma va malakalarini oshirish maqsadida boʻlib oʻtayotgan oʻquv-seminari navbatadagisi tashkil etildi.
Bugun 26-dekabr kuni tashkil etilgan oʻquv-seminarida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.Xayrullayeva universitet tyutorlari xamda pedagog tarbiyachilari uchun “Destruktiv xulq-atvorli talabalar bilan ishlar mexanizmi” mavzusida seminar va slayd taqdimotini tashkil etdi.
Yoshlarni noxush holatlardan saqlash va ogʻir vaziyatdan chiqarishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan oʻquv seminari ikki smenada olib borildi.