TYUTORLIK LAVOZIMIGA TANLOV BOSHLANDI!

TYUTORLIK LAVOZIMIGA TANLOV BOSHLANDI!

 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasiga qo‘shilish va talaba-yoshlar bilan ishlashni istaysizmi?
Universitet rektorining 2026-yil 29-iyuldagi 254/11-08-son buyrug‘i asosida tyutorlik lavozimiga nomzodlarni tanlab olish bo‘yicha tanlov e'lon qilinadi.

 Hujjatlar qabul qilish muddati
 2026-yil 1-avgustdan 2026-yil 8-avgustga qadar.

 Hujjatlarni topshirish
Nomzodlar hujjatlarini quyidagi Telegram bot orqali yuborishlari mumkin:

 @Qabultyutorbot
 Taqdim etiladigan hujjatlar:
 Obyektivka
 Bakalavr yoki magistr diplomi
 Mehnat daftarchasi
Tyutorlarning malaka oshirish kursini tamomlaganlik sertifikati (mavjud bo‘lsa)

 Tanlov jarayoni
Nomzodlarning hujjatlari amaldagi malaka talablari asosida xolis, shaffof va adolatli tarzda ko‘rib chiqiladi. Saralash jarayonida nomzodlarning kasbiy bilimlari, pedagogik-psixologik tayyorgarligi hamda shaxsiy va kasbiy kompetensiyalari suhbat orqali baholanadi.

Muhim!
 Tanlovga oid barcha yangiliklar, e'lonlar va suhbat sanalari bilan tanishib borish uchun quyidagi Telegram guruhiga ham a'zo bo‘ling:

https://t.me/+qqocSpNBBYgzYmIy

Siz ham O‘zDJTU tyutorlari safidan munosib o‘rin egallash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

 Hujjatlarni yuborish:  @Qabultyutorbot

 Eslatma: Hujjatlar 2026-yil 8-avgust, soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi. Kechiktirib yuborilgan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube