Bugun Toshkentdagi Webster universitetining  ijrochi direktori Dr. Antony Jarve, MA TESOL dasturi rahbari Oybek Imomov, Magistraturaga qabul boʻyicha koordinator Abror Nazarovlardan iborat universitet vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.

Universitet rahbariyati tomonidan kutib olingan Toshkentdagi Webster universiteti vakillari  bilan  OʻzDJTU talabalari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida mehmonlar talabalarga Toshkentdagi Webster universitetida yoʻlga qoʻyilgan  "Tesol" kabi bir qator dasturlar va magistratura boʻlimida oʻqish jarayonlari haqida atroflicha maʼlumot berib oʻtdi.

Ingliz tilida tashkil etilgan ushbu uchrashuv qizgʻin muzokaralar va savol javoblarga boy boʻldi.

2023-11-28 08-24

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi