16-aprel kuni Buyuk Britaniyaning “Really English” va “Easy English” tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor M.Chutpulatov va Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev ishtirok etdi. 

Muloqot chog'ida tomonlar ingliz tilini o'qitishni takomillashtirish borasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mazkur tashkilotlar maxsus masofaviy ta'lim ilovasi orqali tilni o'rganish va o'qitish bo'yicha takliflarini ilgari surdilar.

O'zDJTU rahbariyati pilot loyiha asosida ilovanining samarasini o'rganib chiqishi va natijalarga qarab, uni tatbiq etish bo'yicha tegishli ishlarni amalga oshirishini ma'lum qildi.

Ma’lumot uchun: Buyuk Britaniya vakillari taklif qilgan ilova qisqa muddatda ingliz tilini puxta o'rganish va bilimni baholash imkonini  beradi. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube