Uchtepa tumani deputati I.M. Tuxtasinov va bir guruh mas’ullar tomonidan “Guzar” mahalla fuqarolar yig‘inida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

Uchtepa tumani deputati I.M. Tuxtasinov va bir guruh mas’ullar tomonidan “Guzar” mahalla fuqarolar yig‘inida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti tizimlarining holati, mavjud infratuzilmaning texnik tayyorgarligi hamda tarmoqlarning uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

 

 


Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va profilaktik tadbirlarni jadallashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mas’ul tashkilotlarga kuz-qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan ishonchli ta’minlash, xizmatlar sifatini oshirish hamda elektr va gaz tarmoqlarining barqaror faoliyatini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube