Universitet saralash bosqichi gʻoliblari aniqlandi


 

11-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan tashkillashtirilayotgan “Zakovat: Rektor kubogi” kuzgi mavsum oʻyinlarining universitet saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.

Musobaqa natijalariga koʻra quyidagi jamoalar finalga yoʻl olishdi:

“Max” jamoasi (Ingliz filologiyasi fakulteti, 16 ochko);
“Antigrob” jamoasi (Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 14 ochko);
“Boylarga mazza” jamoasi (Xalqaro jurnalistika fakulteti, 14 ochko);
“Last legend” jamoasi (Sharq filologiyasi fakulteti, 13 ochko);
“Diplomatlar” jamoasi (Xalqaro jurnalistika fakulteti, 13 ochko);
“Zakiyalar” jamoasi (Ingliz tili uchinchi fakulteti, 11 ochko);
“Fireflies” jamoasi (Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 11 ochko);
“Terma” jamoasi (Sharq filologiyasi fakulteti, 11 ochko);
“Politics” jamoasi (Xalqaro jurnalistika fakulteti, 11 ochko);
“Mon blan” jamoasi (Roman-german filologiyasi fakulteti, 11 ochko).

Eslatib oʻtamiz, final musobaqasida gʻolib boʻlgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin - 5,000,000 so‘m;
2-o‘rin - 4,000,000 so‘m;
3-o‘rin - 3,000,000 so‘m.

Barcha jamoalarga final oʻyinida omad tilaymiz!

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube