Vatan himoyasi – oliy sharaf va mas’uliyat 

14-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi, barcha professor-o‘qituvchilar va talabalar yosh yigitlarni bayram bilan tabrikladilar. Tadbir Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etildi.

 

 

Tadbir dasturida Mudofaa vazirligi qarashli 71186-harbiy qism bo‘lim boshlig‘i Podpolkovnik G‘aniyev Olim Hamidovich so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi, 81140 harbiy qismining harbiy chiqishlari tadbirga rang-baranglik baxsh etdi.

Bayram dasturida shuningdek, Respublika musiqa va san’at texnikumi o‘quvchilarining chiqishlari, hamda Respublika jamoat xavfsizligi institutining orkestr jamoasi chiqishlari namoyish etilib, tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan video roliklar, she’rlar, qo‘shiqlar va harbiy chiqishlar ham namoyish etildi. Shu jumladan, talabalar tomonidan tayyorlangan she’rlar va musiqiy chiqishlar bayram ruhini yanada oshirdi. Yulduzli san’atkor “Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Bahriddin Zuhriddinov ishtirokida kuy qo‘shiqlar ijro etilib, tadbirga qatnashganlar qalbini ko‘taruvchi lahzalar taqdim etildi.

 

 

Tadbir yakunida mehmonlarga universitet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alar taqdim etildi. Ushbu tadbir yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrab kelayotgan Vatan himoyachilariga hurmat va ehtirom namoyishi sifatida o‘tkazildi.

Shuningdek, universitetning iqtidorli talabalari va teatr studiyalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturlari namoyish etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube