WORK AND TRAVEL: TALABALAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!
Bugun, 12-oktabr kuni Rus filologiyasi fakultetida YOUTH GLOBE agentligi vakillari ishtirokida xalqaro Work and Travel dasturiga bag‘ishlangan axborot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida talabalar xorijda ishlash va sayohat qilish, xalqaro tajriba orttirish, yangi madaniyatlar bilan tanishish hamda o‘zlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Agentlik vakillari dasturda ishtirok etish shartlari, zarur hujjatlar, ishga joylashish imkoniyatlari va safarga tayyorgarlik jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Eng muhimi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga bevosita murojaat qilib, ularga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar!
Yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!