Workshop muvaffaqiyatli o‘tkazildi
“FROM EI TO AI: UNLOCKING SPEAKING SKILLS” nomli innovatsion workshop yuqori saviyada va katta qiziqish bilan tashkil etildi. Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etib, zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida o‘z bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar.
Workshop jarayonida ishtirokchilar gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or metodlar, emotsional intellekt va sun’iy intellekt integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan samarali yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar. Amaliy mashg‘ulotlar esa olingan bilimlarni darhol sinab ko‘rish va mustahkamlash imkonini berdi.
Xalqaro ekspert Feruz Akbarov tomonidan olib borilgan trening yuqori professional darajada o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Trenerning zamonaviy g‘oyalari, real tajribaga asoslangan misollari va foydali tavsiyalari workshop mazmunini yanada boyitdi.
Ayniqsa, “The Art of Teaching: Let Your Teaching Voice Be Heard” kitobi asosida berilgan muhim fikrlar ishtirokchilarga yangi pedagogik qarashlar va innovatsion yondashuvlarni chuqurroq anglashga yordam berdi.
Tadbir ishtirokchilari workshopni nihoyatda foydali, motivatsion va amaliy jihatdan boy deb baholab, bunday treninglarni muntazam tashkil etish zarurligini ta’kidladilar.
Mazkur workshop nafaqat bilim, balki yangi g‘oyalar va ilhom manbai sifatida ishtirokchilarda ijobiy taassurot uyg‘otdi.