#xalqaro_ilmiy_anjuman
21-22 iyun kunlari Al-Farobiy nomidagi qozoq milliy universitetida Markaziy Osiyo koreyashunoslik o’qituvchilari assotsiatsiyasi tashkilotchiligida “Sun’iy intellekt davrida Markaziy Osiyoda koreysshunoslikning o’rni va istiqbollari” mavzusidagi 12 chi Markaziy Osiyo xalqaro ilmiy anjumani o’tqazildi.
Mazkur xalqaro konferensiyada O’zDJTU Sharq filologiya fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasining bir guruh professor o’qituvchi va magistrlari qatnashishdi.
Konferensiyada O’zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti “Koreys filologiyasi” kafedrasi o’qituvchisi Sobirov Elbek Davron o’g’li “INFLUENCE OF AI TO EDUCATE KOREAN LANGUAGE TO YOUNG LEARNERS: AS A FOCUS TO INTERACTIVE TEACHING” ma’vzusida ma’ruza qilib xalqaro konferensiyaning maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Shuningdek, mazkur anjumanda universitetimizning yosh olim o’qituvchilari sho’balar aro tashkil qilingan bahs munozaralarda faol ishtirok etishdi.