Xalqaro olimlar ishtirokida ilmiy ma’ruzalar tinglandi
Konferensiyaning yalpi majlisida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan taniqli olimlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi. Jumladan, Rossiya Fanlar akademiyasining V.V. Vinogradov nomidagi Rus tili instituti yetakchi ilmiy xodimi, professor Margarita Ivanovna Chernyshyova, Qalmog‘iston davlat universiteti professori Vladimir Naranovich Mushaev, Qozog‘iston milliy universiteti professori Eleonora Dyusenovna Suleymenova, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori Maxanbet Jussupov, Qirg‘iziston–Rossiya Slavyan universiteti professori Mamed Jakypovich Tagaev va boshqa ko‘plab olimlar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, Samarqand davlat universiteti professori Ibodulla Kamolovich Mirzayev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Hamidulla Aripovich Dadaboyev, O‘zbekiston Milliy universiteti professori Abdimurod Eshanqulovich Mamatov hamda Rossiyaning Shimoliy (Arktika) federal universiteti professori Larisa Viktorovna Nenasheva o‘z ilmiy izlanishlari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etdilar.
Kun davomida anjuman doirasida davra suhbati ham tashkil etilib, rus tilshunosligi, komparativistika, sotsiolingvistika, tarjimashunoslik hamda zamonaviy lingvistik tadqiqot yo‘nalishlariga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar faol qatnashdi. Konferensiya yakunida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlarni kengaytirish hamda rus tilshunosligi va komparativistika sohasida yangi ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.