4-dekabr kuni OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini, fakultet Yoshlar Ittifoqi va faol talabalar tomonidan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi 125-sonli Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad, bolalarning holidan xabar olish, koʻnglini koʻtarish, xursandchilik va yuqori kayfiyat ulashish bilan birga ularga hamisha eʼtiborda ekanliklarini his qilish tuygʻularini baxsh etishdan iborat.
Dastur davomida bolalarga sovgʻa-salomlar va xush kayfiyat ulashildi.