Xorijiy tillarni o‘qitish markazlari faoliyati doirasida ingliz tili to‘garaklari samarali tarzda tashkil etilmoqda

 7-mart kuni Sergeli tumani 104-sonli umumta’lim maktabida ingliz tili bo‘yicha navbatdagi to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mazkur mashg‘ulot O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi N1 kafedrasiga qarashli 2210-guruhi talabasi Qudratova Durdona tomonidan o`tkazildi.

 

 

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar bilan ingliz tili grammatikasini mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashqlar bajarildi. Xususan, Must, Mustn't, Have to, Shall, May mavzulari asosida turli mashq va topshiriqlar ustida ishlanib, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube