9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ingliz tili ikkinchi fakulteti 2539-guruh talabalari tyutor Xamidova Shahnoza Sirojiddinovna tashabbusi bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar yurtimiz tinchligi va bugungi osoyishta hayot yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishdi. Muzey va bog‘ hududidagi tarixiy lavhalar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar jasoratiga cheksiz hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni tarixni qadrlashga, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.