XOTIRA VA QADRLASH MILLIY O‘ZLIK VA TARIXIY XOTIRA IFODASI
9-may — Xotira va qadrlash kuni Qo'shma ta’lim dasturlari fakulteti talabalari G‘alaba bog‘i ga tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrif Vatan ravnaqi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini chuqur e’zozlash, ularning jasorati va fidoyiligini yosh avlod ongiga singdirish, fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga qaratilgan muhim ma’naviy-ma’rifiy tashabbus sifatida tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarga Vatan himoyasi yo‘lida amalga oshirilgan fidokorona xizmatlar hamda bugungi tinch hayotning qadr-qimmati haqida mazmunli va tizimli tushuntirishlar berildi.
Tashrif fakultet tyutori Nilufar Manonovna tashabbusi bilan tashkil etilib, talabalar uchun manaviy yuksak ruhda o‘tgan, unutilmas taassurotlar bilan boyigan tadbir sifatida e’tirof etildi.