16-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Tadbirda O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi va dasturni kirish so’zi bilan ochib berdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, huquqshunos, blogger, "Zakovat" bilimdoni Xushnudbek Xudoyberdiyev talabalarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish va “Zakovat” intellektual oʻyinlarida ishtirok etishi qamrovini kengaytirish boʻyicha bir qator tavsiyalar berdi, zarur maʻlumotlar bilan bo’lishdi. 

Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi. Talabalar dastur mehmonidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga aniq va to’liq javoblar olishdi. 

Yakunda tadbir ishtirokchilari Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan o’tgan uchrashuvdan olgan ajoyib taassurotlari, ega bo’lgan yangi bilim-ko’nikmalari haqida so’zlab, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.

2024-05-17 02-28

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi